Veterinariya va chorvachilik sohasiga doir hujjat ijrosi o‘rganildi

Veterinariya va chorvachilik sohasiga doir hujjat ijrosi o‘rganildi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi ishchi guruh davlatimiz rahbarining 2022 yil 31 martda imzolagan “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarni ko‘zdan kechirish maqsadida “O‘znaslchilik” davlat muassasasida bo‘ldi.

Muloqot davomida chorvachilik, xususan qoramolchilikda naslchilik ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, naslli qoramollarning yangi podalarini yaratish, zot ichida saralash, tanlash amaliyotini puxta olib borish, qoramollarni sun’iy urug‘lantirishni jadal davom ettirish, bu borada “O‘znaslchilik” davlat muassasasidagi naslli buqalar zotini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korxonada joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan va ikkinchi yarim yillikda rejalashtirilgan ishlar tahlil qilindi.

Taqdimot davomida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari salmog‘ini oshirish, mahsulot sifatini va korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash hamda boshqa tegishli masalalar muhokama qilindi.

Tadbir so‘nggida yosh olimlarga mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va tavsiya berildi.