Veterinariy va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilovning “8-MART – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan bayram tabrigi.

Veterinariy va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilovning “8-MART – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan bayram tabrigi.

Siz biz uchun tuganmas mehr, ezgulik va iroda manbai, oila timsolidirsiz. Inson hayoti va jamiyat rivojida siz – munis ayollarimizning o‘rni beqiyos. Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham mo‘’tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz.


Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor ayyomda Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan qutlayotganimdan g‘oyat mamnunman.

Avvalo shuni ta’kidlashim kerakki, ayol timsolida mehru muhabbat, sadoqat va vafo ramzi mujassam. Biz har gal olamning pokligi, inson kamoloti, umrning ziynati haqida gap ketganda, shubhasiz mo‘’tabar onalarimizni, go‘zal opa-singillarimizni ko‘z oldimizga keltiramiz. Boisi, ular qalblarimizda mehru muhabbat ramzi bo‘lib muhrlangan.

Bugun mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohalari jadal rivojlanib bormoqda va amalga oshirilayotgan ishlarda Siz munis ayollarning hissangiz beqiyosdir.

Hozirgi kunda barcha sohalarda, jumladan veterinariya va chorvachilik sohasida xotin-qizlarning faolligi oshib bormoqda. Ayni paytda tarmoqda uch mingga yaqin ayollar faoliyat olib bormoqda va eng quvonarlisi rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borayotgan ayollarning soni ham ortmoqda.

Aziz opa-singillar, qadrli onalar!

Fursatdan foydalanib shu qutlug‘ ayyom – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami bilan sohada jonbozlik ko‘rsatayotgan Sizdek munis va mo‘’tabar ayollarimizni, go‘zal va lobar qizlarimizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va go‘zallik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka tilayman!