NAMANGANDA "XALQARO ASAL FЕSTIVALI" BOSHLANDI

NAMANGANDA



. 27-29 oktyabr kunlari Namangan shahrida joylashgan “Afsonalar vodiysi” tematik parkida II - "XALQARO ASAL FЕSTIVALI" bo‘lib o‘tadi. Festivalning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov so‘zga chiqishdi. Mazkur festivalda qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston respublikalari, Rossiya federatsiyasidan jami 100 dan ortiq asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar va ekspertlar qatnashmoqdalar. Festivalning asosiy maqsadi o‘zaro hamkorlik va do‘stlikni mustahkamlash, shuningdek, asalarichilik sohasida xalqaro tajriba almashuv platformasini yaratish, asalarichilikka innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda sanoatlashtirish hamda dunyoda shu yo‘nalish rivojlangan Rossiya, Qozog‘iston va Ukraina kabi yirik 10 talik davlatlar ichidan joy olishdir. Festival doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarga 1000 kg miqdoridagi asalni bepul tarqatiladi. Tadbir viloyatda ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada rivoj topishida o‘z samarasini beradi.