Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki davlat arbobi sifatida xalq farovonligi yo‘lida bunyodkorlik, ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag‘ishlagan.

Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki davlat arbobi sifatida xalq farovonligi yo‘lida bunyodkorlik, ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag‘ishlagan.

9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 582 yilligi nishonlanadigan sana.

Turkiy va forsiy tillarda sermahsul ijod qilgan Alisher Navoiyning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq, 51230 misradan tashkil topgan. «Xamsa» esa shoirning shoh asaridir. «Xazoyin ul-maoniy» (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.

Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki davlat arbobi sifatida xalq farovonligi yo‘lida bunyodkorlik, ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag‘ishlagan.

Hazrat Navoiy o‘z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san‘at ahlining moddiy va ma’naviy ko‘makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo‘lgan.

Alisher Navoiy milodiy 1441-yilning 9-fevral, hijriy 844-yilning 14-ramazon kunida tavallud topgani qayd etilgan. U o‘sha paytdagi Temuriylar davlatining poytaxti va ilmiy markazi Hirotda uyg‘ur oilasida tug‘ilgan. 11 yoshida Sabzavorda Husayn Boyqaro bilan tanishadi va bu tanishuv uning hayotida muhim rol o‘ynaydi. 16 yoshda Mashhadga borib o‘qiydi. Otasi G‘iyosiddin Kichkina Bahodir vafotidan keyin Samarqandga keladi va ikki yil Abu Lays Samarqandiydan dars oladi. 28 yoshda Hirotga qaytgan Navoiy sulton Husayn Boyqaro xizmatiga kiradi va muhrdor lavozimiga tayinlanadi. 31 yoshda devonbegi lavozimiga tayinlangan Navoiy 37 yoshda Abdurahmon Jomiy tavsiyasi bilan Naqshbandiya tariqatiga kiradi. Hijriy 906-yil, milodiy 1500-1501-yillarda Hirotda vafot etadi. Qabri bugungi Afg‘onistonning Hirot shahridadir.

⚡️<< VETERINARIYA DORI VOSITALARI, OZUQABOP QO’SHIMCHALAR SIFATI VA MUOMALASI NAZORATI BO'YICHA DAVLAT ILMIY MARKAZI >> jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, qolaversa jahon adabiyoti muxlislari-yu ixlosmandlarini bugungi sana bilan qutlaydi.