Fahriylar doim hurmatga sazovor

Fahriylar doim hurmatga sazovor

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritgan faxriylar doimo e’zozlanib kelinadi. Veterinariya sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan jumladan, 1971-1993-yillarda ya’ni 22-yil davomida Davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari (oldingi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining veterinariya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari) lavozimida faoliyat yuritgan Golovanov Vladimir Ivanovichning muborak 90 yoshlik yubileyi keng nishonlandi. Vladimir Ivanovich 1934-yil, 2-aprelda tavallud topgan. Mutaxassisligi bo‘yicha veterinariya vrachi, biologiya fanlari nomzodi. Uning mamlakatimizda veterinar osoyishtalikni jumladan, epizootologik barqarorlikni ta’minlashdagi xizmatlari taqsinga loyiqdir. Vladimir Ivanovichni yubileyi bilan qutlash uchun tashrif buyurganlar u bilan bir safda faoliyat yuritgan faxriylar uning faoliyat yuritgan davrdagi og‘ir vaziyatlardan qat’iy nazar shijoat bilan faoliyat yuritganligini chuqur hurmat bilan eslashdi. Keksa faxriylar bilan “uch avlod uchrashuvlari”ni o‘tkazish yosh kadrlarning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqatlarini mustahkamlashda, o‘tgan davr bilan hozirgi zamon veterinariya xizmatidagi imkoniyatlarni qiyoslash va qadrlashda dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumot uchun: Golovanov Vladimir Ivanovich - mamlakatimizda veterinariya sohasidagi xizmatlarini e’tirof etgan holda o‘tgan yili Qo‘mita raisining buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston veterinariya fidoiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.