​ELChI BILAN VETERNARIYA NAZORATI OSTIDAGI TOVARLAR AYLANMASI MUHOKAMA QILINDI

​ELChI BILAN VETERNARIYA  NAZORATI OSTIDAGI TOVARLAR AYLANMASI MUHOKAMA QILINDI

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Bahrom Norqobilov Latviyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Reynis Troshka bilan ikki davlat o‘rtasidagi davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlar aylanmasini muhokama qildi.
Uchrashuvda chorvachilik va dengiz mahsulotlari savdosi, transport-logistika tizimidagi me’yorlarni optimallashtirish, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash borasidagi hamkorlik, shuningdek ta’lim dasturlari bo‘yicha tajriba almashish masalalari ko‘rib childi.
Ta’kidlash kerak, ayni paytda Yevropa Ittifoqining ERASMUS PLUS – Ittifoqdan tashqari davlatlar uchun fan va ta’lim loyihasi doirasida Samarqand davlat veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Latviya davlat qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasida “Ta’lim va fan sohalarida o‘zaro anglashuv va hamkorlik” memorandumi imzolangan.
Ushbu memorandum natijasida talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Ikkki ta’lim muassasasining professor o‘qituvchilari tajriba almasha boshladi.
Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, davlat veterinariya xizmatida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi.